Sigaret savdosi

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, men oziq ovqat sotiladigan mini market egasiman. Atrofimizda do‘konlarda raqobat kuchli, do‘konda 4ta sotuvchimiz bor va xozirgi kunda savdo foydasi va ishchilar oylik va boshqa soliq harajatlari bilan o‘ziga o‘zi bo‘lib turibdi. Do‘konda alkogol maxsulotlari va noxalol go‘sht maxsulotlari sotilmaydi, ammo sigaretni sotish xarom ekanligidan avval xabarim yo‘qligi sababli shu vaqtgacha sotilib kelinmoqda. inshoAlloh bu yog‘iga shariat ruxsat etgan yo‘lni tutaman va agar mutlaqo har qanday holatdayam sotish xarom qilingan bo‘lsa boshqa sotmaymiz. Shu vaziyatda istisno bormi qandaydir? Ya’ni do‘konga “sigaret chekish sizni o‘ldiradi” yoki “sigaret sog‘ligingiz uchun jiddiy zarar va sotib olishingizni tavsiya qilmaymiz” deb ko‘rinadigan qilib yozib va har bir xaridorga og‘zaki tarzda ham tushuntirib sotish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linklarda berilgan javoblarni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/18986 https://savollar.islom.uz/s/54331

30 Aprel 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 204 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar