Fidya berish

Assalomu alaykum! Ustozlarim, onam yaqinda og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazdilar. Hozirda ularga ro‘za tutish mumkin emas. Shunga 30 kun ro‘zada onam fidya to‘lab bordilar, onamning aytishlaricha fidya o‘tmas ekan, qoldirgan ro‘zalarni tuzalganlaridan so‘ng tutib berishlari kerak emish. Shu to‘g‘rimi? Onam xoji onalar. Turmush o‘rtog‘imi aytishicha esa ular fidya orqali ro‘za qarzlaridan qutilganmishlar. Shu haqida tushuntirib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Fidya umrining oxirigacha kasal bo‘lib ro‘za tutishdan umidi uzilgan kishilar uchundir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar