Oilasiga harom edirsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, er harom yo‘l bilan uyga narsa olib kirib, bollari va xotiniga edirsa, buning gunohi erni bo‘ynidami?  Xotin va bollari istemol qilsa bo‘ladimi? Ikklanib qoldik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xotin halol yo‘ldan rizq topishga harakat qilish kerak. Hech qanday chorasi bo‘lmasa o‘lmay qoladigan darajada eyishga ruxsat bor. Gunohi erning zimmasiga bo‘ladi. Avvalda onalarimiz erlarini ishga-ko‘chaga chiqarayotib “Biz bu dunyoning ochligi-yo‘qchiligiga sabr qila olamiz, lekin do‘zaxning o‘tiga sabr qilolmaymiz. Bizning haqqimizda Allohdan qo‘rqing, haloldan toping” deb chiqarishar ekan. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar