Xavl namozi sunnatmi yoki farzmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, menga xavl namozi xaqida tushuntirish beringlar. Yaqinda otam qazo qildilar 3-kuni bir akamiz bugun shom namozidan keyin 2 rakat xavl namozini o‘qishimni va savobini otamga bag‘ishlashimni tayinladilar. Qoidasi shunaqa ekan 2 rakatlik namozi kabi o‘qilar ekan, zam surasidan keyin 3 marta Ixlos surasini o‘qilar ekan. Shu xavl namozini 1-marta eshitishim, shu namoz sunnatmi yoki farzmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinda bunday namoz tayin qilinmagan. Bid’atchilarga Alloh insof bersin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:00 | Savol-javoblar | 205 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar