Telegramda kulgu kanal yuritish joizmi?

Assalomu alaykum! Men telegram ijtimoiy tarmog‘ida kanal yurgizib reklama orqali pul topaman. Qumor va Muqaddas islom dinimiz qoralagan reklama olmayman. Kulgu va xar xil video kanallar yurgizaman faxsh yomon videolar qo‘ymiman oylaviy kuzatsa ham bo‘ladi kunda 3 4 ta ibratli videolar ham joylab boraman. Bu ishim to‘g‘rimi. odamlarni vaqti ketib qolmaydimi deb o‘yladim lekin 1 kunda 10 ta video joylansa 3, 5 minut atrofida bo‘ladi va 3, 4 tasi ibratli video bo‘ladi. Menga yo‘l ko‘rsating shunday pul topsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamlarni vaqtini ketkazadigan videolarni qo‘ymang. Ibratli videolarni qo‘ysangiz yaxshi. Har bir qo‘ygan video uchun mas’ulsiz. Vaqtni bekorga sarflaydigan bo‘lsa, undan ham so‘ralasiz. Bu yo‘l bilan pul ishlash tavsiya qilinmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:39 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar