Gomoseksualism Hissiyoti

Assalomu alaykum Hurmatli Shayh Hazratlari,Sizga hozirgi zamonda juda jiddat bilan kopayib borayotgan bir jinsdagi shahslar ortasida boladigan aloqaga yaqin bolgan masalada savol bilan murojaat qilmoqchiman.Barcha musulmonlarga va qolaversa boshqa dindagilarga malumki, bir jinsdagi insonlar orasidagi munosabat katta gunoh hisoblanadi.Lekin, shunday turdagi insonlar bor ekanki, ular gomoseksual hissiyotga ega ekan, lekin ozlarini bunday jirkanch ishni qilishdan tiyib turishga harakat qilar ekan. Bu ayniqsa garb davlatlarida kuzatilar ekan. Ularning koplari masjidlarga borib, bunday moyillikka qarshi qanday qilib kurashish kereligi yuzasidan imomlardan maslahat va yordam sorar ekan. Islomda bunday turdagi insonlarga (yani besoqolbozlikni amalda qilmagan, lekin shunday hissyotga ega bolganlarga) nisbatan qanday muomalada bolish kere? Ularga ham besoqolbozlarga ohshab bir hil keskin va murosasiz munosabatda bolish keremi, yoki Islomda ularga boshqa liberalroq(yumshoqroq) javob muvjudmi? Javobingiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday shaxslar bo‘lsa, ularga iymonni mustahkamlash va taqvoda sobitqadam bo‘lishni tavsiya qilinadi. Gunohga yaqinlashmaslik maslahat beriladi.

30 Aprel 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 199 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar