Qanday yo‘l tutsak, haqlar to‘g‘ri ado bo‘ladi

Assalomu alaykum! Men stomatolog bo‘lib ishlayman. Bir bemorga olib qo‘yiluvchi byugel protezni tish yasovchi tehnigim bilan birgalikda qo‘ygandik. Hammasi bo‘lib bemordan 2 million so‘m olgandim. 1 millioni menga, 1 millionini tehnigimga berdim. Bemor protezni bir necha oy taqib yurdi va biz qo‘ygan protezga yahshi o‘rgana olmaganini aytdi. Shundan keyin bemor menga bergan pulini qaytarib berishimni so‘radi. Men bemor pulni so‘ragan kuni 1 millionini qaytarib berdim va qogan yarmini 1-2 kunlarda berishimni aytdim. Bo‘lgan voqeani tehnigimga aytdim. U hamma pulini bera olmasligini, faqatgina 500 mingini berolishini aytdi. Sababi 500 ming so‘mni protezni metalini quydirish uchun laboratoriyaga berganini aytdi. Hurmatli ustozlar, shu 2 million pulni qanday qilib qaytarsak shunda biz tehnigim bilan ikkalamizni haqqimiz bir birimizga o‘tib ketmagan bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima asosga tayanib mijozga pulni qaytarib berishga qaror qildingiz? Pulni qaytarish majburiymi? Tish yasovchi texnigingiz bilan kelishuvingiz qanday, istisno‘mi yoki sherikchilikmi? Savolingizga javob berish uchun ushbu tafsilotlarni bilish lozim. Vallohu a’lam!

9 Iyun 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar