Yaxova nima

Assalomu alaykum! Man yakka tartibdagi tadborkorman, hozirgina yonimga yaxova tashkilotidanman odamlarga to‘g‘ri dinni tanlashni yo‘lni ko‘rsatamiz deb 2ta qiz keldi. Bilishimcha hammani do‘koniga kirip, uyma-uy yaxova haqida gapivotti. Bu qanaqa tashkilot? Ular manga shubhali tuyuldi, shunchun siladan aniq ma’lumot berishilani iltimos qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular mushrika ayollar, ular shirkka chaqirishadi. Ularga ishonganlar murtad bo‘lishadi. Yahva shohidlari  Dunyo bo‘ylab tarqalgan «Yahva (Iogova) shohidlari» tashkilotining bosh idorasi NYu-York shtati, Vorvik shahrida joylashgan.
 Bu oqim 1870 yilda Amerikada, Charlz Teyz Rassel rahbarligida Injilni o‘rganuvchilar to‘garagi sifatida tashkil topgan.
«Yahva (Tangri) shohidlari» oqimining dunyo bo‘ylab 8,5 million a’zosi va 120 mingdan ortiq jamoat markazlari bor. O‘zlarini haqiqiy nasroniy deb bilib, Katolik, Provaslav va Protestant nasroniylarini adashgan toifa deyishadi. Muqaddas uchlikni, nasroniy bayramlarni tan olmaydi. Sekta a’zolari Injilni o‘zgacha talqin qilishi, shuningdek, qiyomat haqidagi bashoratlari bilan tanilgan.
Ular xonadonma-xonadon eshik qoqib yurishdan erinmaydi. Xudoning so‘zlarini va Injilning o‘zgacha talqinini shu tariqa etkazishga harakat qilishadi.
Ular er yuzida Iyso alayhissalom boshchiligidagi adolat, tinchlik va faravon hayot hukm suradigan jamiyatning bo‘lishligiga, oxirzamon yaqin ekanligiga, Yahvachilarining burchi Tangri va uning haqiqatini targ‘ib qilish ekanligiga ishonadilar.
Bu oqimni nasroniylikning eng katta uch mazhabi Katolik, Provaslav va Protestantlar tan olishmaydi va adashgan oqim deya tarif berishadi.
 «Yahva shohidlari» oqimi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiq ostidadir. Bir necha mamlakatda ularning faoliyati man etilgan yoki cheklangan. Rossiyada guruh ekstremist deb tamg‘alangan, Janubiy Koreya va Eritreyada uning a’zolarini qamoq jazosi bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasida missionerlik faoliyati qonun bilan ta’qiqlangan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi, Jinoyat kodeksining 145, 216, 216-1, 217, 244-3-moddalari va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2, 201, 202-1, 240 va 241-moddalariga ko‘ra respublikada missionerlik harakati man etiladi.
Ularga ergashib Islom dinidan qaytgan kimsa ustida quyidagi shar’iy hukmlar joriy bo‘ladi:
1. U bilan xotini (ayol kishi bo‘lsa, eri) orasidagi nikoh buziladi.
2. Bolalari uning qaramog‘idan chiqadi.
3. Jamiyat a’zoligidan mahrum bo‘ladi.
4. Unga dindan qaytganlik hukmi e’lon qilinadi.
5. O‘lsa yuvilmaydi, kafanlanmaydi, unga janoza o‘qilmaydi, musulmonlar qabristoniga ko‘milmaydi va merosdan mahrum bo‘ladi.
6. O‘sha holida o‘lsa do‘zaxiy bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar