Topib olingan uzuk
Assalomu alaykum! Men bundan 3-4 oy avval bir kumush uzuk topib olgan edim. O‘sha uzukni ikkita o‘zimga va onamga qaytadan yasatgan edim. Lekin siz ustozlardan bu uzuk bizga halolmi harommi shuni so‘raganimda buni egasini topib qaytarishimni aytgan edingiz. Lekin hali egasi chiqmadi, endi uzuklarni sotib biron bir bechoragami etimgami pulini ehson qilsam meni bo‘ynimdan soqit bo‘ladimi? Mendan soqit bo‘lmasa qanday yo‘l tutayin judayam o‘ylanib qoldim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa nomidan sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom