Istixora duosi

Assalomu alaykum! Men bir ishda ikkilanmoqdaman. Shunga istixora qilmoqchiman. Yaqinda operatsiya bo‘lganim uchun istixora namozini o‘qiyolmayman. Shunga duoni o‘zini o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Operatsiya bo‘lgan odam namoz o‘qimasin deyilmagan. Sizdaylarga ham namoz farz. Tahorat ololmasangiz tayammum qilib bo‘lsa ham namozlaringizni ado qiling. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/maqola/689

30 Aprel 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 194 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar