Dori savdosida peramida biznesi

Assalomu alaykum! Men bir dardimdan bir firmaning tabiy maxsulotlaridan shifo topdim va boshqa insonlarga xam shifo topgan firmaning maxsulotlarini reklama qilsam bir inson meni orqamdan o‘sha firmani maxsulotlarini sotib olsa moliyavi tamondan mengaxam men olib borgan insongaxam foydasi va shfosi bo‘lsa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu tarmoqli marketing bo‘lib, Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. Agar dorisining tarkibi shar’an halol bo‘lsa va orqangizdan odam qo‘shmasdan, tarmoqqa qo‘shilmasdan dorisini olib iste’mol qilish joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar