Arini o‘ldirish
Assalomu alaykum! Men asalarichiman, arilarimga qovoqari, yangi chiqqan sariq arilar hujum qiladi. Men shuni oldini olish uchun ularni uyalariga qaynoq suv sepib o‘ldirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yoqish, kuydirish va qaynoq suv bilan azoblash Alloh taoloning azoblashi hisoblanadi. Boshqa usulini toping. عَنْ عِكْرِمَةَ: أَنَّ عَلِيًّا رَضِي اللهُ عَنْهُ حَرَّقَ قَوْمًا، فَبَلَغَ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ: لَوْ كُنْتُ أَنَا لَمْ أُحَرِّقْهُمْ، لِأَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُعَذِّبُوا بِعَذَابِ اللهِ، وَلَقَتَلْتُهُمْ كَمَا قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ بَدَّلَ دِينَهُ فَاقْتُلُوهُ Ikrimadan rivoyat qilinadi: «Aliy roziyallohu anhu bir (murtad) qavmni yoqib yubordi. Bu Ibn Abbosga etganda, u: «Men bo‘lganimda, ularni yoqib yubormagan bo‘lar edim, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning azobi bilan azoblamanglar», deganlar. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Kim dinini almashtirsa, uni o‘ldiringlar» deganlaridek, ularni o‘ldirtirgan bo‘lar edim», dedi». Izoh: Imom Tabaroniyning rivoyat qilishicha, o‘sha odamlar zohiran musulmonmiz deb yurib, keyin esa Islomdan chiqdik, deb e’lon qilishgan. Ular Aliy roziyallohu anhuni xudo deyishgacha borishgan. Aliy roziyallohu anhu avvaliga ularga yaxshi muomala qiladi, lekin ko‘nishmagach, ularni o‘ldirishga buyuradi. Ularning yoqib yuborilishi Aliy roziyallohu anhuning qo‘l ostidagi ba’zi odamlarning tasarrufi bo‘lishi ham mumkin, chunki u kishiga Ibn Abbos roziyallohu anhumoning mazkur gapi etkazilganda, «To‘g‘ri aytibdi» deb, tasdiqlagan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar