Qarz savdosi
Assalomu alaykum! Men chet eldaman. Bu erdagi telefon kompaniyalar tizimida oyma-oyma to‘lab berish orqali telefon sotuvlari yo‘lga qo‘yilgan. To‘lovlar shaxsning Bank kartasidan har oyda avtomatik shaklda echib boriladi. Bitim 1 yoki 2 yilga tuziladi. Meni telefon olganimga 1 yildan oshdi, lekin hali ham kelishuvdagi puldi to‘layman. Savol: shuni sotib boshqa telefon olsam bo‘ladimi? O‘zi shunday uzoq vaqtdan beri mijoz bo‘lib qolgan odam kompaniyadan telefon olib, ma’lum vaqtdan keyin sotsa-chi, pulini kartasidan har oy kompaniyaga to‘layveradi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oddiy nasiya savdo asosida olgan bo‘lsangiz va mulkni egasi sotishingizga ruxsat bersa joiz. Siz telefon sotib olish uchun foizga pul olib, vaqtida to‘lamasangiz peniya to‘lash degan shartnoma bilan olgan bo‘lsangiz, bu shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat