Bay halol qiladimi?

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan topa olmadim iltimos shu masalada javob bersangizlar. Savol: benamoz libosni sotib olishlik bilan libos pok bo‘ladimi? Anikrog‘i najosat tekkan ustivoshni tekkanligi aniq, bay qilib sotib olinsa keyin shu libos bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi? Oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin barchalarimizdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har qanday kiyim uch marta yuvib siqib yuborish bilan pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar