Qo‘ni-qo‘shnichilik
Assalomu alaykum! Bir do‘stimning nomidan. Qo‘shnilarim bor, hammasi yaxshi, insoflik va diyonatli insonlar. Faqat meni uyimni orqasiga har-xil mag‘zavavalar, bolalar najosati(ishlatilgan pampers)larini oqizishadi. Balki o‘zlari bilishar balki bilishmas. Men bir-ikki aytganday bo‘ldim, oraga sovuqchilik tushmasin deb engilroq, hazilomuz gapiraman. Hech gapim etib bormaydi, shu ishlarga ham 5 yil bo‘libdi. Hatto o‘zlari ko‘chadan o‘tayotib jirkanib ham qo‘yishadi. Iltimos shu savolni javobini telegramdagi kanalingizga qo‘ysangizlar. Balki qo‘shnilarimiz ozroq fikrlab ko‘rishar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamlar Islom deganda faqat namoz va ro‘zani tushunadigan bo‘lib qolganlar. Aslida zarracha o‘zgaga ozor berish shariatimizda harom hisoblanadi. Hatto oddiy piyoz egan odam yoki oshqozoni kasalligi tufayli og‘zidan badbo‘y hid kelib turadigan odamni chiqishi vojib bo‘lgan jamoatga chiqmaslikka buyurilgan. Maqsad yonidagi namozxonlarga ozor bermasligidir. Qolaversa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْإِيمَانُ بِضْعٌ وَسَبْعُونَ أَوْ بِضْعٌ وَسِتُّونَ شُعْبَةً، فَأَفْضَلُهَا قَوْلُ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَدْنَاهَا إِمَاطَةُ الْأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ وَالْحَيَاءُ شُعْبَةٌ مِنَ الْإِيمَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Iymon etmish nechta yoki oltmish nechta sho‘badan iboratdir. Uning eng afzali «Laa ilaaha illalloh» demoq va eng kichigi, yo‘ldagi ozor beradigan narsani olib tashlash. Hayo, iymonning sho‘basidir», dedilar». Iymonning eng kichigi “yo‘ldagi ozor beradigan narsani olib tashlash” bo‘lsa, uni aksini qiluvchilar o‘zlarini kim ekanligini bilib olaversinlar. Xususan qo‘shniga ozor berish gunohi kabira hisoblanadi. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Qo‘shnisi uning yomonliklaridan emin bo‘lmagan kishi (haqiqiy) mo‘min bo‘la olmaydi». Sharh: Demak, kishi haqiqiy mo‘min bo‘lishi uchun qo‘shnilari uning yomonliklaridan emin bo‘lishlari, undan yomonlik ko‘rmasliklariga ishonchlari komil bo‘lishi kerak. Qo‘shnilari: «Qo‘shnimdan qo‘rqaman, xiyonat qilib qo‘yarmikan yoki boshqa bir yomonlik qilarmikan», deb yuradigan kishi komil mo‘min bo‘lishi qiyin. Hasandan rivoyat qilinadi: «Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min – odamlar undan omonda bo‘lgan kishidir. Bilib qo‘yinglarki, muhojir – yomonlikdan hijrat qilgan kishidir. Bilib qo‘yinglarki, musulmon – qo‘shnisi undan salomat bo‘lgan kishidir. Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, hech bir kishi, agar qo‘shnisi uning yomonligidan omonda bo‘lmas ekan, jannatga kirmaydi», dedilar». Sharh: Ushbu hadisda uchta muhim masala, uchta muhim ta’rif va qo‘shniga yomonlik qilmaslik haqida ta’kid kelmoqda. Ya’ni haqiqiy – afzal musulmon, afzal muhojir va afzal mo‘min haqida bahs yuritilmoqda hamda qo‘shnisi yomonligidan omonda bo‘lmagan odam jannatga kirmasligi uqtirilmoqda. Ushbu hadisda kelgan musulmon, muhojir va mo‘minning ta’rifi afzallik ta’rifidir. «Mo‘min – odamlar undan omonda bo‘lgan kishidir». «Iymon», «mo‘min» so‘zlari «amn» so‘zidan olingan bo‘lib, «omonlik», «ishonchli» degan ma’nolarni anglatadi. «Mo‘min» so‘zi bizda yuvosh, xushfe’l ma’nosida ishlatilishi ham shundan. Mo‘min odam doimo tinchlik, omonlik tarafdori bo‘lgani uchun, odamlar unga juda ishonib qoladilar. Ya’ni o‘z jonlari va molu mulklariga mo‘mindan yomonlik etmasligiga ishonchlari komil bo‘ladi. «Bilib qo‘yinglarki, muhojir – yomonlikdan hijrat qilgan kishidir». Bu ta’rif ham xuddi avvalgi ta’rifda zikr qilingan narsalarni o‘zida mujassam qilgandir. Unda «muhojir» so‘zining ma’nosi tushuntirilmoqda. Ya’ni vatan, el-yurt hijronidan iborat bo‘lgan hijrat Alloh qaytargan narsalardan hijronda, ya’ni uzoqda bo‘lishda ham sobit bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Dinu diyonat uchun vatanidan, yaqin qarindoshlaridan uzoqda bo‘lish «muhojirlik» deb ataladi. Endi Alloh qaytargan ishlardan, ya’ni gunohlardan uzoqda bo‘lish ham din-diyonatga amal qilish uchun bo‘lgani uchun «muhojirlik» deb atalmoqda. «Bilib qo‘yinglarki, musulmon – qo‘shnisi undan salomat bo‘lgan kishidir». «Islom», «musulmon» so‘zlari «salomatlik», «tinchlik» ma’nolarini ifoda etadi. Shuning uchun «musulmon – o‘zga odamlar, xususan, qo‘shnisi uning yomonliklaridan tinch va salomat bo‘lgan shaxsdir», deyilmoqda. «Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, hech bir kishi, agar qo‘shnisi uning yomonligidan omonda bo‘lmas ekan, jannatga kirmaydi». Hadisdan qo‘shnining haqlari, qo‘shniga yomonlik etkazmaslik, balki unga yaxshilik qilishning naqadar ulug‘ amallar ekanini bilib olamiz. Odamlarga yomonlik qilmaslik, zarar etkazmaslik, urib-so‘kmaslik, joniga, moliga, obro‘siga futur etkazmaslik – bularning barchasi iymon, Islom, hijrat, yaxshilik alomatlari ekan. Qo‘shnilariga yomonlik qilib yuradigan, qo‘shnilari uning yomonligidan qo‘rqib turadigan odam jannatga kirmas ekan. Ushbu hadisdan qo‘ni-qo‘shnilar bilan muomalani yaxshilash, ularga ozor bermaslik vojibligini o‘rganib olar ekanmiz. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin», dedilar». Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi sharifda Alloh taologa va oxirat kuniga iymon keltirgan kishining ikki sifati va qilishi lozim bo‘lgan ishi haqida ma’lumot bermoqdalar, siz bilan biz ummatlarini ushbu amallarni qilishga chorlamoqdalar. 1. «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin». Qo‘shniga ozor bermaslik Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan kishining sifati, belgisi, alomatidir. Kim Alloh taologa iymon keltirgan bo‘lsa, Qiyomat kunidan umidvor bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Bu va bunga o‘xshash joylarda Alloh taologa va qiyomat kuniga iymonni zikr qilish ta’kidlab aytilayotgan ishlarga targ‘ib mubolag‘ali bo‘lishi uchundir. Allohga bo‘lgan iymon doimo U Zotga muhabbat ila itoat qilishga chorlaydi. Oxiratga bo‘lgan iymon esa savob va azobni eslab turishning asosidir. Kimning oxiratga iymoni bo‘lsa, yaxshilik qiladi va yomonlikdan qaytadi. Qo‘shniga yaxshilik qilish uning hojati tushgan ishlarda yordam berish va undan yomonliklarni daf qilish ila bo‘ladi. Unga ozor bermaydi va ehson qiladi. 2. «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin». Doimo yaxshilikni gapirish, gapiradigan yaxshiligi bo‘lmasa, jim turish Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan kishining sifati, belgisi, alomatidir. Kim Alloh taologa iymon keltirgan bo‘lsa, qiyomat kunidan umidvor bo‘lsa, yaxshilikni gapirsin, gapiradigan yaxshiligi bo‘lmasa, jim tursin. Yaxshi gapi bor bo‘lsa, uni bilsa, aytishidan biror manfaat keladigan bo‘lsa, gapirsin. Yaxshi gapi bo‘lmasa, jim tursin. Ana shu ishi Alloh taologa bo‘lgan iymonning, oxiratga bo‘lgan iymonning alomatidir. Gapirishning o‘z shartlari bor. Kim bu shartlarga rioya qilmasa, adashgan bo‘ladi. 1. Gapirish uchun sabab bo‘lishi kerak. Undan foyda olish yoki u ila zararni daf qilish ko‘zlanishi lozim. Ushbu maqsadlardan boshqa holda gapirish aljirash bo‘ladi. Sababsiz aljirash o‘z egasining aybini ochadi, xolos. 2. Gapni o‘z o‘rnida gapirish kerak. O‘rinsiz gap hech qachon foyda bermaydi. 3. Hojatiga yarasha gapirish kerak. Hojatdan tashqari gapirish laqillashdan boshqa narsa emas. 4. Gap chiroyli va odob doirasida bo‘lishi kerak. Demak, behuda gaplarni gapirish mo‘minlik belgisi emas. Yolg‘on, bo‘hton, tuhmat, yomon, gunoh gaplarni gapirish ham mo‘minlikdan alomat emas. Mo‘min odam gapirsa, yaxshi gapiradi, yaxshilik to‘g‘risida gapiradi, bo‘lmasa, jim turadi. Tildan keladigan ofatlar ko‘p va turli-tumandir. Ular qalbni mast qiladi. Inson tabiatida ham ularga moyillik bor. Mazkur ofatlardan qutulishning eng oson yo‘li jim turish orqali bo‘ladi. Bu juda katta fazilatdir. Jim turish himmatni jamlaydi va fikrni soflaydi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar kelgan. Sahl roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki oyog‘i orasidagi narsani va ikki jag‘i orasidagi narsani muhofaza qilib bersa, men unga jannatni muhofaza qilib beraman», dedilar». Ikkovini Buxoriy va Termiziy rivoyat qilishgan. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Tildan ko‘ra qamoqda turishga hojatliroq narsa yo‘q», deganlar. Abu Dardo roziyallohu anhu: «Ikki qulog‘ingni og‘zingdan saqla. Oz gapirib, ko‘p eshitishing uchun senga bitta og‘iz, ikkita quloq berilgan», degan. Muxallad ibn Husayn: «Ellik yildan beri keyin uzr aytishga sabab bo‘ladigan biror og‘iz so‘z aytmadim», degan. Qo‘shniga ozor bermaslik va yaxshi gap gapirish, bo‘lmasa, jim turish. Bu aslida juda oson narsa, o‘zi bir hadisga jo bo‘lgan, lekin butun olamga tatigulik ta’lim-tarbiyani o‘z ichiga olgan. Lekin ming afsuski, mo‘min-musulmonlar bugungi kunga kelib, bunday hadislardan nihoyatda uzoqlashib ketishgan. Qo‘shnilar bugungi kunda eng ashaddiy dushmanlarga aylangan. Yaxshilikni gapirib, bo‘lmasa jim turish esa, Alloh saqlasin, teskarisiga aylanib ketgan, gaplarimizning ko‘pi faqat yomon gaplar. Mana shu hadislarga amal qilish, unda aytilgan narsalarga qaytish biz uchun baxt-saodat, ikki dunyoda obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lish yo‘lidir. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Qo‘shniga yaxshilik qilish Alloh taologa va oxirat kuniga bo‘lgan iymonning alomati ekani. 2. Yaxshi gap gapirish, bo‘lmasa, jim turish Alloh taologa va oxirat kuniga bo‘lgan iymonning alomati ekani. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh "Yaxshilik va silai rahm" kitobidan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar