Labimni terisini shilib olgandim

Assalomu alaykum! Allohga shukur ro‘za boshlangandan beri 2 kun ba’zi bir uzrli sabablarga ko‘ra tutolmay qoldim. Lekin qolgan kunini tutib kelyapman. Labim quruganidan terini shilib tashlagandim, o‘shandan keyin yiringlab, qurib qolib, juda yomon og‘riq beryapti va og‘rig‘iga chidab bo‘lmayapti. Shunga yaxshi bo‘guncha ro‘zani ochib tursam bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uning uchun ro‘zani ochishga hojat yo‘q. Malham surtirishingizda ham zarar yo‘q, og‘riqni qoldiruvchi ukol olishingizda ham zarar yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar