Domlaga borsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bir domlaning oldilariga kirgandim salom berib turib ko‘rishdilar, so‘ngra mendan gapimni eshitib, “Men ham sizga o‘xshagan bir bandaman, berguvchi ham, oluvchi ham faqat Alloh. Agar shu masalada meni sizga yordamim tegishiga sababchi qilgan bo‘lsa, men shukr keltiraman. Agar sababchi bo‘lish yozilmagan bo‘lsa, unda sizga uzr deb, Allohga yana shukr deyman” deb javob berdilar. Kegin Allohga hamdu sano va payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytib, Qur’on tilovot qilib duo qildilar. Duoda “O‘zing meni sababchi qilib ko‘rsat, O‘zing bu bandangni dardiga shifo ber” dedilar. So‘ngra kalima keltirib, “Alloh yuqtirgan ne’mati, farishtalarim Alloh yo‘lida zimmangizga yuklatilgan vazifani bajarishga kirishing” deb, o‘zlari “Fotiha”, “Yosin” “Ixlos” “Falaq”, “Nos” va “Oyatul kursiy”ni o‘qidilar. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim, bularni boshidan oxirigacha qilgan amallari shariat muvofiqmi? U kishiga yana borsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! “Alloh yuqtirgan ne’mati, farishtalarim Alloh yo‘lida zimmangizga yuklatilgan vazifani bajarishga kirishing” degan so‘zlari noto‘g‘ri. Agar u kishi “Menga farishtalar muvakkal qilingan, mening buyruqlarimga itoat qilishadi” desa, unday odam aqiydada xato qilgan bo‘ladi. Odatda undaylarning buyruqlarini bajaruvchilar jinlar bo‘ladi. Uning xuzuriga borishingiz joiz emas. Xindistondagi sigirga sig‘inuvchilarning bir odatlari bo‘lib, ular ovqat qiladigan qozonlarini avval o‘tda kuydirib, yaxshilab yuvadilar. Keyin o‘zlari sig‘inadigan sigirning siydigi yoki tezagidan olib, tabarrukona niyatida qozonga soladilar. So‘ng o‘zlari eydigan ovqatning masalliqlarini solishadi. Jinlar bilan ishlovchilar ham xuddi shular kabi tahoratga, namoz o‘qishga Qur’on o‘qishga buyurishadi, lekin ularning ichida shariatga zid bo‘lgan e’tiqodni qilishadi va gaplarni ham gapirishadi. Ularga aldanib qolmaslik kerak. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar