Namozni tajvidsiz o‘qish

Assalomu alaykum! Ba’zi hollarda dadamlar, pochchamlar yoki akamlar bilan namoz o‘qishga to‘g‘ri kelib qoladi. Jamoatni savobiga erishmoqchi bo‘lamiz kichkina bo‘lsa ham. Lekin yaqinda savol-javoblarni kuzatib tajvidni tezda o‘rganishga harakat qilish zarurligini bildim. Yuqoridagi hech kim na madrasa ko‘rgan, na tajvidni bilmaydigan odamlar, shu qatorda men ham. Meni bir savol juda qiynaydi: Bundan buyog‘iga men shunday holatlarda birga bo‘lsak-da alohida o‘qishimiz kerakmi chunki imomning mas’uliyati juda og‘ir ekan, buni ham sizlarning kanalingizdan bildim. Hozir Alloh qodir qilganicha tajvid qoidalari bilan berilgan «Muallimi soniy» kitobidan foydalanayabman o‘rganish uchun. Ungacha Mahmud Halil Husoriyning qiroatini yaxshilab eshitishga harakat qilaman va taqlid ham qilaman. Tajvid qoidalarini yana Odinaxon Muhammad Yusufning «Mufassal tajvid» kitoblaridan ham o‘rganib keyinchalik ustozdan o‘tkazib olish niyatim ham bor. Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hamma bir xil bo‘lsa biringiz imomgarchilikka o‘tishingiz joiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar