Shu hadis sahihmi?
Assalomu alaykum! Bu hadisi muborak Amr Osning o‘g‘li Abdullohdan rivoyat qilinadi. “Kim Qur’on o‘qisa nabiylar darajasiga pag‘onama-pag‘ona ko‘tarilib boradi, lekin vahiy nozil bo‘lmaydi”. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis emas. Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhuning so‘zlari. عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ , قَالَ : " مَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ فَقَدْ أُدْرِجَتِ النُّبُوَّةُ بَيْنَ جَنْبَيْهِ ، إِلا أَنَّهُ لا يُوحَى إِلَيْهِ ، وَمَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ فَرَأَى أَنَّ أَحَدًا مِنْ خَلْقِ اللَّهِ أُعْطِيَ أَفْضَلَ مِمَّا أُعْطِيَ ، فَقَدْ حَقَّرَ مَا عَظَّمَ اللَّهُ ، وَعَظَّمَ مَا حَقَّرَ اللَّهُ ، وَلَيْسَ يَنْبَغِي لِحَامِلِ الْقُرْآنِ أَنْ يَجْهَلَ فِيمَنْ يَجْهَلُ ، وَلا يَحِدُّ فِيمَنْ يَحِدُّ ، وَلَكِنْ يَعْفُو وَيَصْفَحُ Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Kim Qur’on o‘qisa uning ikki biqin(ko‘ksi)i orasiga payg‘ambarlik darajasini berilibdi. Lekin unga vahiy qilinmaydi xolos. Kim Qur’on o‘qisa va Allohning maxluqotlaridan birortasiga unga berilgan narsadan afzalroq narsa berilgan deb o‘ylasa batahqiq u Alloh ulug‘ qilgan narsani haqir ko‘ribdi va Alloh haqir deb bilgan narsani ulug‘ deb bilibdi. Qur’on yod olgan kishiga johillar orasida johillik qilishi, jahl qilganlar orasida jahl qilishi munosib bo‘lmaydi. Aksincha afu qilib kechirimli bo‘lishi kerak" deganlar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar