Ikki savolim

Assalomu alaykum! Jamoat joylarida ba’zi qizlar qo‘llarida(bilagida) shunchaki qizil rangdagi ip bilan ko‘zmunchoq yasab taqib yurishipdi. Bu amalni biror xosiyati bormi?
2). Mashg‘ulot zallarida shug‘ullanish vaqtida tezroq semirish maqsadida vitamin tabletkalar va kimyoviy vositalardan iste’mol qilishga shariyatimiz qanday munosabatda? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ularning bu ishlarini shariatimizga mutloq aloqasi yo‘q. 2). Tarkibida noshar’iy narsalar bo‘lmasa va dorilarni ichayotganlar tanasini birovlarga ko‘z-ko‘z qilib kibrlanish uchun shishirmasa, ya’ni sog‘lom bo‘lish uchun ichsa joiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar