Joriya va xotin nikohi

Assalom!Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida sahobalarga 4tagacha nikoh bilan xotinli bo‘lish va yana bir necha (sanog‘i aniq bilinmadi) joriyaga ega bo‘lish ruxsat etilgan ekan.Savol: 1) bosib olgan elatlarning xotin-qizlarini (ularning erlari o‘ldirilib yoki qul qilinib) joriya qilib olinganda, xojasi va joriya o‘rtasida ham ninoh o‘qilganmi? Bu jarayon qay tarzda amalga oshirilgan?2) Hadislarning birida "o‘z joriyangizga ham xohlagan tarafdan yaqinlik qiling" uchraydi. Bosib olinganda erlari qul qilingan joriyalarni yangi xojasi nikoh o‘qitib olgani va 3 oy idda tugashini kutganiga dalil misollar bormi? Masalan!Tashakkur.PS Administratorga: iltimos, bu savolning javoblantirilishiga imkon bering, uni Takroriy savollar deb uloqtirib tashlamang. Takroriy bo‘lsa javobi qani?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Nikoh o‘qilmasa ruxsat bo‘lgan. Ammo nikohlab olsa, savob va’da qilingan.2. Juda ko‘p. Shuning uchun, buni alohida aytib yurilmagan.

30 Aprel 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 193 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar