Shaytonni ko‘rish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Iqtibos: «OYaTAL KURSIY»NING ShAROFATI... Bir kuni Imom Rabboniy (q.s) jufti halollari bilan uyning derazasi yonida tashqariga qarab o‘tirgan ekanlar. Shu mahal bir-ikki kulimsirab quyibdilar. Buni ko‘rgan ayollari hayron bo‘lib, kulishlarining sababini so‘rabdi. Imom Rabboniy ( q.s): – Bir odam ko‘chani kesib o‘tayotgan edi shayton o‘ng tarafidan yaqinlashdi, shunda odamning yonidagi farishta shaytonning boshiga bir tushirdi. Shayton qochib odamning boshqa tomonidan uning qalbiga vas-vas solmoqchi bo‘ldi, haligi farishta yana boshiga qarab soldi. Shayton oldidan ham yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin yaqinlasha olmadi, – dedilar. Ayollari qiziqib: – Nega bunday bo‘ldi? – deb so‘rabdi. Imom hazrat: – Bu muborak inson uyidan ko‘chaga chiqqanida «Oyatal kursiy»ni o‘qib chiqqan ekan. «Oyatal kursiy» uning atrofini devorga o‘xshab o‘rab olibdi, – deb javob beribdilar. Imom Rabboniy (q.s), «Mukoshafati g‘aybiya». Savol: Shaytonni ko‘ra oladigan darajaga chiqqan olimlar ham bo‘lganmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olim bo‘lmaganlar ham ko‘rishi mumkin. Folbin va jinkashlar ko‘rganida, olimning ko‘rishi ajablanarli emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar