Boshqalarga maslahat berish haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari, maktabda o‘qituvchiman. Hamkasaba ayollardan biri menga ikki dona kitob berdi. Ikkalasiyam aqiydamizga zid. Qizig‘i, bittasini o‘zbek professor ayoli yozgan. Men kitobini qaytardim. Ammo, kitob haqida gapirmay turdim. Hamkasabam kitobni doim o‘qib yurishini, usiz qiynalishini ayta boshladi. Shundan keyin, men unga hech narsa deya olmadim. Aftidan, ayol o‘sha bo‘lmag‘ur aqiydani o‘zlashtirgan ko‘rinadi. Agar u xohlasa, mensiz ham sof islomiy aqiydani bilib olaveradi degan fikrga keldim. Qolaversa, u menga mahrammas. Men vaziyatdan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘l tutdimmi? (Balki, men unga to‘g‘ri yo‘lni aytsam, meni noto‘g‘ri diniy oqimda deb o‘ylashiyam mumkin).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri yo‘lni chiroyli va munosib axloq bilan aytishingiz kerak edi. Endi siz unga to‘g‘ri ma’nodagi kitob sovg‘a qiling. “O‘kinma” eng ma’quli. عَنْ تَمِيمٍ الدَّارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الدِّينُ النَّصِيحَةُ قُلْنَا: لِمَنْ؟ قَالَ: ِللهِ وَلِكِتَابِهِ وَلِرَسُولِهِ وَلِأَئِمَةِ الْمُسْلِمِينَ وَعَامَّتِهِمْ. رَوَاهُمَا الْخَمْسَةُ Tamiym Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Din nasihatdir», dedilar. «Kim uchun?» dedik. «Alloh uchun, U Zotning Kitobi uchun, U Zotning Rasuli uchun va musulmonlarning imomlari hamda ommalari uchun», dedilar». Avvalgi va bu hadisni beshovlari rivoyat qilishgan. Sharh: Avvalo, odatimiz bo‘yicha, hadisning roviysi Tamiym Doriy roziyallohu anhu bilan tanishib chiqaylik. Tamiym ibn Avs ibn Xorija Doriy, kunyalari Abu Ruqiya, nisbatlari Dor ibn Honiyga. Bu zot oldin nasroniy dinida bo‘lib, hijratning to‘qqizinchi yilida Islomga kirdilar. Shundan keyin Falastin ahlining obidi, Qur’onni ko‘p tilovat qiluvchi, kechalarini tahajjud namozi bilan bedor o‘tkazuvchi va masjidga birinchi bo‘lib chiroq olib kirgan sifatlari ila ulug‘ sahobalardan biriga aylandilar. Tamiym Doriy roziyallohu anhu hammasi bo‘lib, 18ta hadis rivoyat qilganlar. Bu hadislarni Imom Buxoriy va Muslim «Sahih» kitoblariga kiritishgan. U zotdan Abdulloh ibn Vahb, Sulaymon ibn Omir, Shurahbil ibn Muslim, Qubaysa ibn Zuayb va boshqalar rivoyat qilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu zotga Falastindagi Aynun qishlog‘ini alohida ajratib berdilar. Bu qishloq hozir ham Baytul Maqdisda mashhurdir. So‘ngra Madinada istiqomat qildilar. Usmon roziyallohu anhu o‘ldirilganlardan keyin Shomga ko‘chib ketdilar va hijratning 37-yili Falastinda vafot etdilar. Ushbu hadisda ham komil iymon uchun zarur bo‘lgan narsalar haqida so‘z ketmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar huzurida so‘zlab: «Din nasihatdir», dedilar. «Nasihat» so‘zi lug‘atda «xolis», «pokiza», «sodiq» ma’nolarini bildiradi. Urfda esa bir kishining boshqasiga xolis niyat, sodiqlik bilan yaxshi yo‘l-yo‘riqlarni aytishidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Din nasihatdir» deganlari, dinning asosiy madori nasihatdan iboratdir, deganlaridir. Bu u zotning «Haj arafadir» deganlariga o‘xshaydi. Ya’ni, hajning madori, asosiy rukni Arafotda turishdir, deganlaridir. Sahobalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu umumiy gapni eshitib, uning tafsilotini bilmoqchi bo‘ldilar va: «Kim uchun?» deb so‘radilar. Ya’ni, «Nasihat qilsak, kim uchun qilamiz?» dedilar. Shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam dinning madori bo‘lmish nasihat besh narsada ekanligini bayon qilib berdilar: 1. «Alloh uchun», ya’ni, Allohga iymon keltirish, unga shukr qilish, amrlarini bajarib, qaytarganlaridan qaytishga undab, nasihat qilishdir. 2. «U Zotning Kitobi uchun», ya’ni Allohning Kitobi – Qur’oni Karimni o‘rganish, unga amal qilish va odamlarni ham shu ishga undab, nasihat qilish. 3. «U Zotning Rasuli uchun», ya’ni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashish, u kishining shariatlariga, sunnatlariga tobe’ bo‘lish, boshqalarni shunga chaqirish. 4. «Musulmonlarning imomlari uchun». Ular uchun nasihat qilish ularga itoat qilish va odamlarni ham shunga chaqirish bilan bo‘ladi. 5. «Musulmonlarning ommasi uchun». Barcha musulmonlarga ikki dunyo saodati, ya’ni Islom yo‘lini ko‘rsatib, nasihat qilish bo‘ladi. Ushbu vazifalarni qilgan odam dinning eng muhim ishini amalga oshirgan bo‘ladi. Ammo bu oson ish emas. Shuning uchun ham u dinning madori hisoblanadi. Chunki odamlar nasihatni yoqtirmaydilar. Ayniqsa, ushbu hadisi sharifda zikr qilingan narsalar uchun qilingan nasihat ko‘pchilikka xush kelmaydi. Bekorga bu hadisi sharif komil iymon sifatlari bobida kelmayapti. Qachon komil iymon bo‘lgandagina shunday nasihat bo‘ladi. Bunday nasihatlar esa o‘z navbatida samara beradi. Alloh uchun, Allohning Kitobi va Rasuli uchun, musulmonlarning imomlari uchun, ommasi uchun nasihat qilishni din deb tushungan jamiyatgina oldinga ketadi, ko‘zlagan maqsadiga etadi. Agar biz ushbu hadisi sharifdan foyda olmoqchi bo‘lsak, ana o‘sha tushunchani qayta tiriltirmog‘imiz lozim bo‘ladi. Alloh uchun, U Zotning Kitobi uchun, U Zotning Rasuli uchun, musulmonlarning imomlari uchun, ommasi uchun nasihat qilishga o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Bu hadisning hikmatiga butun dunyo juda muhtoj. Eng avvalo, musulmon olami muhtoj. Musulmon olami deb nom olgan olam Islomdan uzoqlashgani uchun, dinni nasihat deb bilmagani uchun turli muammo va kulfatlarga ko‘milib yotibdi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda