Topib olingan tilla buyum xaqida
Assalomu alaykum! Kimsasiz joyda topib olingan tilla buyumni, egasini topish mushkulligi aniq bo‘lsa, ushbu saytdagi javoblardagi kabi muddatini kutib o‘tirmasdan, ketgan bahosiga sotilsayu, bir so‘mini ham qoldirmay masjid ehson qutisiga tashlasa yoki qiynalgan miskin oilaga berilsa, mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Majid qutisiga tashlash joiz emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:54 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar