Hadisga izoh

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda rus tilida bir xadis eshitib qoldim. Bir kambog‘ol kishi boy kishini uyiga kirib o‘zini kambog‘oligidan uyalsa, afsus va nadomat qisa, imonidan 3dan 1 ketadi deb eshitdim. Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa izox berib o‘tsangizlar.
Yana bir xadisda qabristondagi xar bir o‘sgan o‘simlik Allohga tasbeh aytadi deyilgan. Bunga qabr ustidagi o‘tlar xam kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Bayhaqiy o‘zlarining “Shu’abul iymon” kitobida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning : “Kim boyga hushomad qilsa uni e’zozlab o‘zini xor tutsa uning boyligidan ta’ma qilib muruvvatining uchdan ikkisi, dinining yarmi ketibdi” deganlarini rivoyat qilganlar. Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday deganlarini rivoyat qlingan. 2). Ko‘karib turgan giyoh va o‘simliklarni imkoni boricha uzmaslik yaxshidir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 162 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar