Uylanish yoki karzni tulash xaqida
Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu hurmatli Shayx Xazratlari.Bergan savollarimizga javob olayotganimizdan behad minnatdormiz, Allohdan sizga sog‘lik va uzoq umr tilayman. Musulmonlar baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘ling.Xazrat men bir birodarimning savolini sizga etkazmoqchi edim.Savol quyidagicha:Agar uylanish yoshiga etgan yigitning otasida uni uylantirishga imkoniyati bo‘lmasa, uning ustiga katta qarzi bo‘lsa (bu erda, birodarimizning yoshi 25 da va uylanadigan qizini taniyda, xozirda usha qizga boshqa sovchilar kelayotgan ekan , agar yigit tezroq to‘y qilib uylanmasa usha qizni ota-onasi boshqaga berish mumkin), shu holatda yigit uylanish uchun harakat qilish lozimmmi yoki qarzni to‘lashda yordam berishi lozimmi?Men unga tezroq uylaning, qarzni keyin to‘laysizlar dedim, chunki u katta qarzni hali-veri to‘lay olishiga ishonmayapti. Men to‘gri maslahat berdimmi Ustoz?Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu!Alloh sizni o‘z panohida asrasin, baxtimizga uzoq umr ko‘ring!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maslahatingiz to‘g‘ri.
3 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maslahatingiz to‘g‘ri.
3 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar