Istixoraning natijasi

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, istixora o‘qigandan keyin tushda oq, yashil rang ko‘rsa so‘ralgan ish xayrli, qizil va qora rang ko‘rsa xayrsiz ekanligi hakida biror dalil bormi? Bu tushunchalar kaerdan kelib chikkan. O‘zim xam istixoradan keyin ba’zan shunday tush ko‘raman. Ularga suyanib ish tutish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istixorani natijasi tushdagina bilinadi degan gap yo‘q. Eng muhimi o‘sha ishga qalbda moyillik bo‘lishi yoki o‘z-o‘zidan yurib ketishi yoki umuman bo‘lmasligi kabi holatlardir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 158 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar