pasxa taomlari halolmi
Xurmatli shayx xazratlari. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim bizning rus millatiga va xristian diniga mansub qo‘shnilarimiz bor. Ular har yili o‘zlarining pasxa kunlarida bizga va boshqa qo‘shnilarga turli pishiriqlar, ranglangan tuxum, shirinlik va shunga o‘xshash narsalar olib chiqishadi. Shu narsalarni iste‘mol qilish musulmonlarga halol bo‘ladimi, yoki ularni olmasdan qaytarib berish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa din vakillarining o‘z bayramlari munosabati ila musulmonlaga qiladigan hadiyalari o‘sha bayramga atab so‘yilgan hayvonning go‘shti bo‘lmasa, bayramga bog‘liq shior bo‘lmasa, misol uchun tuxum, qolganlarini olsa bo‘ladi. Buni ulamolarimiz o‘z kitoblarida yozganlar. Ammo musulmon odam ularga bayramlari munosabati ila sovg‘a berishi mumkin emas.
28 Aprel 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 135 | Aqiyda