Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning bitta liboslari bo‘lganmi?

Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqda o‘qib qoldim. Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning halifaligi davrida sahobalar bilan bir safarga chiqishib bomdodga sahobalar uyg‘onishsa Umar roziyallohu anhu yuq ekanlar va hammalari qidirib ko‘lning bo‘yidan topishsa kiyimlarini yuvayotgan ekanlar. Bilishibdiki junub bo‘lib uyg‘onib g‘usl qilib endi liboslarini yuvayotgan ekanlar. Sahobalar Umar ibn xattob roziyallohu anhuga libos berishlarini va uni kiyib bomdodni o‘qiylik deyishganda Umar roziyallohu anhuning achchig‘i kelib: "Shu libosni yuvib kiyib boraman namoz o‘qiymiz, kutinglar. Chunki men hozir namoz kech bo‘lib ketmasin deb libosimni almashtirib boshqa libos kiysam, keyingi kelgan ummatlar: mana umarning ikkita libosi bor ekan deb ular meni dalil qilishib ikkitadan uchtadan libos olishadi",- dedilar. Keyin liboslarini yuvib o‘sha ho‘l libos bilan borib imom bo‘lib namoz o‘qib berdilar. Bu voqea rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lishi mumkin. Chunki Madinai Munavvaradagi Masjidul haromda hozir ham bir suffa bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalarida o‘sha suffaning ustida Ahli Suffa degan bir necha kishilar hayot kechirishgan. Ularni yashashga uylari ham kiyishga qo‘shimcha kiyimlari ham bo‘lgan emas. Hattoki ba’zilari avratlarini yopishga kiyim yo‘qligidan ba’zisi ba’zisiga orqa qilib to‘sib o‘tirishgan. O‘sha holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadislar yodlab kelgan barcha mehmonlarga ta’lim berishgan. Albatta keyinchalik uyli bo‘ldilar, boylik ularni oyoqlarini o‘padigan bo‘ldi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 168 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar