Hayit tabrigi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bu xabarim 3-4kun ichidi borishligi sababli vaqtliroq yozayapman. Men sizlarni, oila a’zolaringizni va “Zikr ahli” jamoasini va sayt uchun yordam beradigan texniklarni barcha-barchangizni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mo‘minlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rstayotganilar uchun barchangizni oila a’zolaringiz bilan Allohni O‘zi panoxida asrab, oilangizga tichlik-xotirjamlik ato etsin. Sizlar bilan shaxsan tanish bo‘lmasamda qalban sizlar bilan yaqinman. Men siz aziz Ustozlarni ham mo‘min birodarim ham ustozlarim sifatida juda yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman. Ayniksa Hazratimiz rahimahullohga muhabbatim kuchli. Hazratimizni ham oila a’zolarini tabriklab qolaman. O‘g‘illari Ismoil akaga sog‘lik-salomatlik tilab Hazratimiz rahimahullohning ishlarini davom ettirishda Allohdan kuch-quvvat so‘rab qolaman va sizlarni doimo duo qilaman. Salomimni va tabrigimni ularga ham etkazib qo‘yasiz degan umiddaman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo barchamizga muborak qilsin. Samimiy tilaklaringizni etkazib qo‘ydik. Administrator.

30 Aprel 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 130 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar