Payg‘ambarimizni oddiy odam deyish
Assalomu alaykum! "Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ham bizdek oddiy odam bo‘lganlar" deyishlik to‘g‘ri bo‘ladimi? Ya’ni Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni ilohiylashtirib yubormaslik uchun (Albatta bu Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni erga urish uchun emas - Alloh saqlasin bundan) Agar Alloh taolo Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ga shafoat qilishga ruxsat bermasa Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam shafoat qila olmaydilar. Faqat Muhammad sallallohu alayhi va sallamga suyanmay Allohga suyangan xolda payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni shafoatlarini Allohdan so‘rash kerak" deyishlik to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Kahf" surasida marhamat qiladi: قُلْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَى إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَمَن كَانَ يَرْجُو لِقَاء رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَالِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَدًا 110. Sen: «Men ham sizlarga o‘xshagan basharman, xolos. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilinur. Bas, kim Robbiga ro‘baro‘ kelishni umid qilsa, solih amal qilsin va Robbining ibodatiga hech kimni sherik qilmasin», – degin.
Lekin biz u zotni oddiy odam deyishimiz to‘g‘ri emas. Balki biz sarvari olam, bashariyat sayyidi deb tilga olishimiz kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 178 | Siyrat va tarix