Qilgan dastur(app) halolmi?

Assalomu aleykum! Men dasturchiman. Mobil telefonlar(iOS) uchun dastur tuzaman. Yaqinda Dubaydagi klient uchun bitta dastur qilgandim. Dasturni foydalanish orqali, foydalanuvchi restoran, park va hokazo joylardan chegirma qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunga joylar(venue) va taom, ichimlik, xizmat va hokazolar server orqali keladi va men qilgan mobil dasturda ko‘rinadi. Serverdan alkogol ichimliklar, har xil taomlarni dastur egasi(zakazchik) qo‘shishi mumkin. Dastruda alkogol ichimliklarni jo‘natish va jo‘natmaslik funksiyasi bor. Foydalanuvchi dasturdan birinchi ro‘yxatdan o‘tkanda, bu funksiya o‘chik bo‘ladi. Funksiyani yoqsa, server foydalanuvchiga alkogol ichimliklarni jo‘natadi. O‘chik bo‘lsa, alkogol ichimliklarni jo‘natmaydi. Bu dastur orqali topgan rizqim halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz o‘sha ichimlikni funktsiyasini o‘rnatib bermasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 13:44 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar