Namozni vaqtidan kechroq o‘qish

Assalomu alaykum! Men bozorda ishlayman, bu erda bazi hamkasblar vaqtlari bemalol bo‘lsayam bazida tahoratlari bo‘lsayam namozni vaqti kirgan payt emas yarim soat, bir soat keyin o‘qishadi vaqtida o‘qing desam sizni har-bir namozning vaqti keyingi namozning vaqti kirgungacha degan javobingizni ko‘rsatishadi. Menham savol-javoblarni o‘qidim, ulamolarning namozni vaqti kirishi bilan o‘qishga harakat qilsa afzal bo‘lishi haqida nasihatlari tafsiyalari yo‘qmi? Men namozni kirgan vaqtidan kechroq o‘qish yaxshi emas deb hisoblardim, chunki qaysidur maro‘zada buni eshitgan edim(balki noto‘g‘ri tushingan bolishim mumkin). Bu mavzudagi savolni qayta berganim uchun uzur, javob uchun rahmat...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vaqti kirishi bilan o‘qib olish afzalligida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Eng muhimi qazo qilmasdan vaqtini ichida o‘qish. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 194 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar