Qurbonlik go‘shtini tarqatilandan so‘ng

Assalomu alaykum! Qo‘shnilar pul yig‘ishib qurbonlik uchun mol so‘yib, bo‘lishishni rejalashtirishgan. Orasidan bir kishi, agar kimdir bilib bilmasdan taqsimlangan go‘sht bilan aroq ichib qo‘ysa qilgan qurbonligimiz kuyadi dedi. Iltimos oydinlik kiritib bersangiz. Tarqatilgan go‘sht bilan aroq ichilsa va bundan qurbonlik qilgan kishi bexabar bo‘lsa, (tabiiyki buni istamaydi), shu xolatda qurbonlik qabul bo‘lmay qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekor aytibdi. Qurbonlik bu bilan kuymaydi. Aroq ichgani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar