Dajjol haqida uydurmami yo haqiqat?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hozirgi kunda dunyoda tarqalayotgan vahimali xabarlarning birida Kazzob Dajjol haqidagisi en ko‘p tarqalganlaridan ekan! Albatta, g‘aybni faqat va faqat Alloh taolo biladi! Lekin hadislarga ko‘ra taxmin qilinayotgan xabarlarga tushunmadim: 1. Dajjol odammi, jinmi, maxluqmi yoki ma’joziy tushuncha? 2. Dajjol haqida xabar alomatlaridan nechtasi bo‘lib o‘tdi? 3. Dunyoning bir necha shaharlarida qurilayotgan bir ko‘zli piramida binolarini Dajjol bilan qanday bog‘liqligi bor? 4. Dajjol tushsa necha yil umr ko‘radi? Dajjol haqidagi forum savol javoblarini o‘qib chiqdim, uylaymanki savollarim yangi! Alloh barchalarimizni Kazzob Dajjol balosidan asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Dajjol maxluq. 2. Nechtasi bo‘lganini birov bilmaydi. 3. Piramidalarning dajjolga aloqasi yo‘q. Dajjolning chiqishi Dajjolning chiqishi qiyomatning eng katta alomatlaridan biridir. Dajjol aslida uning laqabi. Ko‘p aldamchilik qilishi uchun shu laqabni olgan. Shuningdek, u haqni botil ila ko‘mib tashlash qobiliyatiga ham ega. U asli yahudiy odamdir. Madinai Munavvaraga nisbatan mashriq tarafdan chiqadi. U odamlar orasida ahli salohlikni va taqvodorlikni da’vo qiladi. Keyinroq xudolik da’vosini qiladi. Unga juda ko‘p odamlar, xususan, yahudiylar ergashadi. Uning tana tuzilishida o‘ziga xos alomatlari bo‘ladi. Bir ko‘zi tep-tekis bo‘ladi. Bolasi bo‘lmaydi. Makka va Madinaga kira olmaydi. Peshonasiga kofir deb yozilgan bo‘ladi. Dajjol haqida ko‘plab hadisi shariflar kelgan. Ba’zilarini qisqacha o‘rganib chiqamiz. عَنْ ابْنِ عُمَرَ  قَالَ: قَامَ رَسُولُ اللهِ  فِي النَّاسِ فَأَثْنَى عَلَى اللهِ بِمَا هُوَ أَهْلُهُ ثُمَّ ذَكَرَ الدَّجَّالَ فَقَالَ: إِنِّي لأُنْذِرُكُمُوهُ وَمَا مِنْ نَبِيٍّ إِلاَّ وَقَدْ أَنْذَرَهُ قَوْمَهُ وَلَكِنِّي سَأَقُولُ لَكُمْ فِيهِ قَوْلاً لَمْ يَقُلْهُ نَبِيٌّ لِقَوْمِهِ إِنَّهُ أَعْوَرُ وَإِنَّ اللهَ لَيْسَ بِأَعْوَرَ. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlar ichida turib Allohga loyiq hamdu sano aytdilar va Dajjolni zikr qilib: «Albatta, men sizlarni undan ogohlantirurman. Har bir nabiy ham, albatta, o‘z qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga uning haqida hech bir nabiy o‘z qavmiga aytmagan gapni ayturman. Shubhasiz, u g‘ilaydir. Albatta, Alloh g‘ilaymasdir», dedilar». Bu hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Dajjol xudolik da’vosini qilganda aldanib qolmaslik uchun uning katta sifatlaridan birini aytib qo‘ymoqdalar. عَنْ أَنَسٍ  أنَّ رَسُولَ اللهِ  قَالَ: مَا مِنْ نَبِيٍّ إِلاَّ وَقَدْ أَنْذَرَ أُمَّتَهُ الأَعْوَرَ الْكَذَّابَ أَلاَ إِنَّهُ أَعْوَرُ وَإِنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ وَمَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ ك ف ر أَىْ كَافِرٌ يَقْرَأُهُ كُلُّ مُسْلِمٍ. رَوَاهُمَا اْلأرْبَعَةُ. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qay bir nabiy bo‘lsaki, albatta, o‘z ummatini g‘ilay kazzobdan ogohlantirgandir. Ogoh bo‘linglar! Albatta, u g‘ilaydir. Albatta, Robbingiz g‘ilay emasdir. Uning ikki ko‘zi orasiga «ka fo ro» ya’ni kofir deb yozilgandir. Buni har bir musulmon o‘qiydir», dedilar». Imom Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan. Alloh taolo kishilarni sinash uchun Dajjolga turli narsalarni berib qo‘yadi. Jumladan, u o‘likni tiriltirish, yomg‘ir yog‘dirish, erni hosildor qilish va shunga o‘xshash ishlarga Alloh taoloning izni ila imkon topadi. So‘ngra o‘zidan ketib xudolik da’vosini qiladi. Ana shunda Alloh taolo uning ojizlik taraflarini zohir qilib qo‘ygani ish beradi. Uning g‘ilayligi, peshonasiga kofir deb yozib qo‘yilganligi va u o‘sha narsalarni o‘zidan ketkaza olmasligi uni fosh qiladi. عَنْ ابْنِ عُمَرَ  قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  الدَّجَّالُ أَعْوَرُ الْعَيْنِ الْيُسْرَى جُفَالُ الشَّعَرِ مَعَهُ جَنَّةٌ وَنَارٌ فَنَارُهُ جَنَّةٌ وَجَنَّتُهُ نَارٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأبُو دَاوُدَ وَلَفْظُهُ: إِنَّ مَسِيحَ الدَّجَّالِ رَجُلٌ قَصِيرٌ أَفْحَجُ جَعْدٌ أَعْوَرُ مَطْمُوسُ الْعَيْنِ لَيْسَ بِنَاتِئَةٍ وَلاَ حَجْرَاءَ فَإِنْ أُلْبِسَ عَلَيْكُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dajjolning chap ko‘zi g‘ilay, sersoch. U bilan jannat va do‘zax bor. Uning do‘zaxi jannatdir, jannati do‘zaxdir», deyilgan. Muslim rivoyat qilgan. Abu Dovudning rivoyatida: «Albatta, Dajjol pakana, maymoq, jingalaksoch va g‘ilay, ko‘zi tep-tekis bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagandir. Agar aralash bo‘lgan bo‘lsa, bilingki, Robbingiz g‘ilay emas», deyilgan. Shu sifatlaridan uni tanib olish oson. Dajjolning chap ko‘zi qalin et bilan qoplangan bo‘lib u tep-tekis holda turadi. Shuning uchun u «Masiyh», ya’ni, tekislangan deb ham ataladi. وَفِي رِوَايَةِ أبِي دَاوُدَ: مَنْ سَمِعَ بِالدَّجَّالِ فَلْيَنْأَ عَنْهُ فَوَاللهِ إِنَّ الرَّجُلَ لَيَأْتِيهِ وَهُوَ يَحْسِبُ أَنَّهُ مُؤْمِنٌ فَيَتَّبِعُهُ مِمَّا يَبْعَثُ بِهِ مِنَ الشُّبُهَاتِ أَوْ لِمَا يَبْعَثُ بِهِ مِنَ الشُّبُهَاتِ. Abu Dovudning rivoyatida: «Kim Dajjolni eshitsa undan uzoqlashsin. Allohga qasamki, kishi uning oldiga borsa, uni mo‘min deb hisoblaydi va undagi shubhalarga qaramasdan unga ergashadi. Yoki unga berilgan shubhalar sababidan unga ergashadi», deyilgan. Dajjolga berilgan sehr, ba’zi odamlarni o‘ldirib boshqalarini tiriltirish kabi narsalar odamlarni aldab qo‘yish xavfi bor. Shuning uchun uning chiqqanini eshitish bilan unga yo‘liqmaslikka harakat qilmoq kerak. عَنْ أَنَسٍ  عَنِ النَّبِيِّ  قَالَ: لَيْسَ مِنْ بَلَدٍ إِلاَّ سَيَطَؤُهُ الدَّجَّالُ إِلاَّ مَكَّةَ وَالْمَدِينَةَ وَلَيْسَ نَقْبٌ مِنْ أَنْقَابِهَا إِلاَّ عَلَيْهِ الْمَلاَئِكَةُ صَافِّينَ تَحْرُسُهَا فَيَنْزِلُ بِالسِّبْخَةِ فَتَرْجُفُ الْمَدِينَةُ ثَلاَثَ رَجَفَاتٍ يَخْرُجُ إِلَيْهِ مِنْهَا كُلُّ كَافِرٍ وَمُنَافِقٍ. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Makka va Madinadan boshqa har bir yurtni, albatta, Dajjol oyoq osti qiladi. Ikkisining har bir yo‘lini farishtalar saf bo‘lgan hollarida qo‘riqlaydilar. Shunda u tuzli erga tushadi. Keyin Madina uch marta titraydi va undan barcha kofir va munofiq u(Dajjol) tomon chiqadi», dedilar». Dajjol Madinai Munavvarani qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘rib tuzli erda to‘xtaydi. Uning kelganini eshitib Madinadagi barcha kofir va munofiqlar chiqib oldiga borishadi. عَنِ النَّوَّاسِ بْنِ سَمْعَانَ  قَالَ: ذَكَرَ رَسُولُ اللهِ  الدَّجَّالَ ذَاتَ غَدَاةٍ فَخَفَّضَ فِيهِ وَرَفَّعَ حَتَّى ظَنَنَّاهُ فِي طَائِفَةِ النَّخْلِ فَلَمَّا رُحْنَا إِلَيْهِ عَرَفَ ذَلِكَ فِينَا فَقَالَ: مَا شَأْنُكُمْ؟ قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ ذَكَرْتَ الدَّجَّالَ غَدَاةً فَخَفَّضْتَ فِيهِ وَرَفَّعْتَ حَتَّى ظَنَنَّاهُ فِي طَائِفَةِ النَّخْلِ فَقَالَ: غَيْرُ الدَّجَّالِ أَخْوَفُنِي عَلَيْكُمْ إِنْ يَخْرُجْ وَأَنَا فِيكُمْ فَأَنَا حَجِيجُهُ دُونَكُمْ وَإِنْ يَخْرُجْ وَلَسْتُ فِيكُمْ فَامْرُؤٌ حَجِيجُ نَفْسِهِ وَاللهُ خَلِيفَتِي عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ إِنَّهُ شَابٌّ قَطَطٌ عَيْنُهُ طَافِئَةٌ كَأَنِّي أُشَبِّهُهُ بِعَبْدِ الْعُزَّى بْنِ قَطَنٍ فَمَنْ أَدْرَكَهُ مِنْكُمْ فَلْيَقْرَأْ عَلَيْهِ فَوَاتِحَ سُورَةِ الْكَهْفِ إِنَّهُ خَارِجٌ خَلَّةً بَيْنَ الشَّأْمِ وَالْعِرَاقِ فَعَاثَ يَمِينًا وَعَاثَ شِمَالاً يَا عِبَادَ اللهِ فَاثْبُتُوا قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا لَبْثُهُ فِي اْلأَرْضِ قَالَ: أَرْبَعُونَ يَوْمًا يَوْمٌ كَسَنَةٍ وَيَوْمٌ كَشَهْرٍ وَيَوْمٌ كَجُمُعَةٍ وَسَائِرُ أَيَّامِهِ كَأَيَّامِكُمْ. قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ فَذَلِكَ الْيَوْمُ الَّذِي كَسَنَةٍ أَتَكْفِينَا فِيهِ صَلاَةُ يَوْمٍ قَالَ: لاَ اقْدُرُوا لَهُ قَدْرَهُ قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا إِسْرَاعُهُ فِي اْلأَرْضِ قَالَ: كَالْغَيْثِ اسْتَدْبَرَتْهُ الرِّيحُ فَيَأْتِي عَلَى الْقَوْمِ فَيَدْعُوهُمْ فَيُؤْمِنُونَ بِهِ وَيَسْتَجِيبُونَ لَهُ فَيَأْمُرُ السَّمَاءَ فَتُمْطِرُ وَاْلأَرْضَ فَتُنْبِتُ فَتَرُوحُ عَلَيْهِمْ سَارِحَتُهُمْ أَطْوَلَ مَا كَانَتْ ذُرًا وَأَسْبَغَهُ ضُرُوعًا وَأَمَدَّهُ خَوَاصِرَ ثُمَّ يَأْتِي الْقَوْمَ فَيَدْعُوهُمْ فَيَرُدُّونَ عَلَيْهِ قَوْلَهُ فَيَنْصَرِفُ عَنْهُمْ فَيُصْبِحُونَ مُمْحِلِينَ لَيْسَ بِأَيْدِيهِمْ شَيْءٌ مِنْ أَمْوَالِهِمْ وَيَمُرُّ بِالْخَرِبَةِ فَيَقُولُ لَهَا: أَخْرِجِي كُنُوزَكِ فَتَتْبَعُهُ كُنُوزُهَا كَيَعَاسِيبِ النَّحْلِ ثُمَّ يَدْعُو رَجُلاً مُمْتَلِئًا شَبَابًا فَيَضْرِبُهُ بِالسَّيْفِ فَيَقْطَعُهُ جَزْلَتَيْنِ رَمْيَةَ الْغَرَضِ ثُمَّ يَدْعُوهُ فَيُقْبِلُ وَيَتَهَلَّلُ وَجْهُهُ يَضْحَكُ فَبَيْنَمَا هُوَ كَذَلِكَ إِذْ بَعَثَ اللهُ الْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ عَلَيْهِ السَّلامُ فَيَنْزِلُ عِنْدَ الْمَنَارَةِ الْبَيْضَاءِ شَرْقِيَّ دِمَشْقَ بَيْنَ مَهْرُودَتَيْنِ وَاضِعًا كَفَّيْهِ عَلَى أَجْنِحَةِ مَلَكَيْنِ إِذَا طَأْطَأَ رَأْسَهُ قَطَرَ وَإِذَا رَفَعَهُ تَحَدَّرَ مِنْهُ جُمَانٌ كَاللُّؤْلُؤِ فَلاَ يَحِلُّ لِكَافِرٍ يَجِدُ رِيحَ نَفَسِهِ إِلاَّ مَاتَ وَنَفَسُهُ يَنْتَهِي حَيْثُ يَنْتَهِي طَرْفُهُ فَيَطْلُبُهُ حَتَّى يُدْرِكَهُ بِبَابِ لُدٍّ فَيَقْتُلُهُ ثُمَّ يَأْتِي عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ قَوْمٌ قَدْ عَصَمَهُمُ اللهُ مِنْهُ فَيَمْسَحُ عَنْ وُجُوهِهِمْ وَيُحَدِّثُهُمْ بِدَرَجَاتِهِمْ فِي الْجَنَّةِ فَبَيْنَمَا هُوَ كَذَلِكَ إِذْ أَوْحَى اللهُ إِلَى عِيسَى إِنِّي قَدْ أَخْرَجْتُ عِبَادًا لِي لاَ يَدَانِ لأَحَدٍ بِقِتَالِهِمْ فَحَرِّزْ عِبَادِي إِلَى الطُّورِ وَيَبْعَثُ اللهُ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ وَهُمْ مِنْ كُلِّ حَدَبٍ يَنْسِلُونَ فَيَمُرُّ أَوَائِلُهُمْ عَلَى بُحَيْرَةِ طَبَرِيَّةَ فَيَشْرَبُونَ مَا فِيهَا وَيَمُرُّ آخِرُهُمْ فَيَقُولُونَ لَقَدْ كَانَ بِهَذِهِ مَرَّةً مَاءٌ وَيُحْصَرُ نَبِيُّ اللهِ عِيسَى وَأَصْحَابُهُ حَتَّى يَكُونَ رَأْسُ الثَّوْرِ لأَحَدِهِمْ خَيْرًا مِنْ مِائَةِ دِينَارٍ لأَحَدِكُمُ الْيَوْمَ فَيَرْغَبُ نَبِيُّ اللهِ عِيسَى وَأَصْحَابُهُ فَيُرْسِلُ اللهُ عَلَيْهِمُ النَّغَفَ فِي رِقَابِهِمْ فَيُصْبِحُونَ فَرْسَى كَمَوْتِ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ ثُمَّ يَهْبِطُ نَبِيُّ اللهِ عِيسَى وَأَصْحَابُهُ إِلَى اْلأَرْضِ فَلاَ يَجِدُونَ فِي اْلأَرْضِ مَوْضِعَ شِبْرٍ إِلاَّ مَلأَهُ زَهَمُهُمْ وَنَتْنُهُمْ فَيَرْغَبُ نَبِيُّ اللهِ عِيسَى وَأَصْحَابُهُ إِلَى اللهِ فَيُرْسِلُ اللهُ طَيْرًا كَأَعْنَاقِ الْبُخْتِ فَتَحْمِلُهُمْ فَتَطْرَحُهُمْ حَيْثُ شَاءَ اللهُ ثُمَّ يُرْسِلُ اللهُ مَطَرًا لاَ يَكُنُّ مِنْهُ بَيْتُ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ فَيَغْسِلُ اْلأَرْضَ حَتَّى يَتْرُكَهَا كَالزَّلَفَةِ ثُمَّ يُقَالُ لِلأَرْضِ أَنْبِتِي ثَمَرَتَكِ وَرُدِّي بَرَكَتَكِ فَيَوْمَئِذٍ تَأْكُلُ الْعِصَابَةُ مِنَ الرُّمَّانَةِ وَيَسْتَظِلُّونَ بِقِحْفِهَا وَيُبَارَكُ فِي الرِّسْلِ حَتَّى أَنَّ اللِّقْحَةَ مِنَ اْلإِبِلِ لَتَكْفِي الْفِئَامَ مِنَ النَّاسِ وَاللِّقْحَةَ مِنَ الْبَقَرِ لَتَكْفِي الْقَبِيلَةَ مِنَ النَّاسِ وَاللِّقْحَةَ مِنَ الْغَنَمِ لَتَكْفِي الْفَخِذَ مِنَ النَّاسِ فَبَيْنَمَا هُمْ كَذَلِكَ إِذْ بَعَثَ اللهُ رِيحًا طَيِّبَةً فَتَأْخُذُهُمْ تَحْتَ آبَاطِهِمْ فَتَقْبِضُ رُوحَ كُلِّ مُؤْمِنٍ وَكُلِّ مُسْلِمٍ وَيَبْقَى شِرَارُ النَّاسِ يَتَهَارَجُونَ فِيهَا تَهَارُجَ الْحُمُرِ فَعَلَيْهِمْ تَقُومُ السَّاعَةُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأبُو دَاوُدَ. Navvos ibn Sam’on roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni ertalab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Dajjolni zikr qildilar. U zot uni paslatdilar va ko‘tardilar. Hattoki,, biz uni xurmolar orasidamikan deb gumon qildik. Biz kechki payt u zotning oldilariga borganimizda o‘sha holni bizda ko‘rdilar va: «Sizlarga nima bo‘ldi?» dedilar. «Ey, Allohning rasuli! Ertalab Dajjolni zikr qildingiz. Uni paslatdingiz va ko‘tardingiz. Hattoki, biz uni xurmolar orasidamikan deb gumon qildik», dedik. «Mening sizga xavfim Dajjoldan boshqada. Agar u chiqsa-yu, men ichingizda bo‘lsam, sizlarning o‘rningizga o‘zim unga qarshi turaman. Agar u chiqsa-yu, men ichingizda bo‘lmasam, har kishi o‘zini o‘zi himoya qiladi. Alloh har bir musulmon uchun mening o‘rnimda bo‘ladi. Albatta, u yosh, juda ham jingalaksoch, ko‘zi bo‘rtib chiqqan. Men uni xuddi Abdul Uzzo bin Qatanga o‘xshataman. Sizlardan kim unga erishsa, unga qarshi «Kahf» surasining boshlanishi o‘qisin. Albatta, u Shom bilan Iroq orasidan xuruj qiladir. O‘ngda ham fasod qiladi. Chapda ham fasod qiladi. Ey, Allohning bandalari! Sobit bo‘linglar!» dedilar. «Ey, Allohning rasuli! Uning erda qolishi qandoq?» dedik. «Qirq kun. Bir kun bir yilchalik. Bir kun bir oychalik. Bir kun bir haftachalik. Qolgan kunlari sizlarning kunlaringizga o‘xshash», dedilar. «Ey, Allohning rasuli! O‘sha bir yilga o‘xshash kunda bizga bir kunning namozi kifoya qiladimi?» dedik. «Yo‘q. Uning o‘lchovini chamalanglar», dedilar. «Ey, Allohning rasuli! Uning er yuzidagi tezligi qandoq?» dedik. «Xuddi ortidan shamol kelayotgan yomg‘irga o‘xshaydi. U bir qavmning oldiga kelib da’vat qiladi. Ular unga iymon keltiradilar va ijobat qiladilar. U osmonga amr qilsa, yomg‘ir yog‘adi. Erga amr qilsa, nabototlarni o‘stiradi. O‘tlab yurgan hayvonlari kechqurun ularning oldiga o‘rkachi eng uzun, elinlari eng to‘lgan va qorinlari eng shishgan holda keladi. So‘ngra u boshqa qavmga kelib, ularni da’vat qiladi. Ular unga o‘zining gapini qaytaradilar. U ulardan qaytib ketadi. Ular qahatga uchrab qo‘llarida mollaridan hech narsa qolmaydi. U bir xaroba yonidan o‘tayotib unga «xaziynalaringni chiqar!» deydi. Uning xaziynalari, asalarilar podshohiga ergashgandek unga ergashadi. Keyin bir yoshga to‘lgan kishini chaqirib, qilich bilan urib ikkiga bo‘lib tashlaydi. Har bo‘lak orasi ikki o‘q etadigancha bo‘ladi. So‘ng uni chaqirsa yuzlarida kulgu barq urgan holda yurib keladi. U shu holda turganida Alloh Iyso alayhissalomni yuboradi. U kishi Dimashqning sharqiy tarafidagi oq minoradan bo‘yalgan ikki xil kiyimda, ikki qo‘lini ikki farishtaning qanotiga qo‘ygan holda nozil bo‘ladi. Qachon boshini egsa, qatralar tushadi. Qachon uni ko‘tarsa, undan lu’lu’ kabi donalar to‘kiladi. U zotning nafasini sezgan kofir bo‘lsaki, albatta, o‘ladi. Uning nafasi ko‘zi etgan erga borib etadi. Bas, u zot uni izlab Bobi Ludda topib o‘ldiradi. Keyin Iyso ibn Maryamning huzuriga Alloh undan saqlagan qavm keladi. Bas, u zot ularning yuzlarini silaydi va ularga jannatdagi darajalari haqida gapiradilar. Shundoq bo‘lib turganda Alloh Iyso alayhissalomga vahiy qilib «Albatta, Men ularga qarshi urush qilishga birortaning ikki qo‘li etmaydigan bandalarimni chiqardim. Bas, bandalarimni Turga qo‘rg‘on qilib, o‘sha erga qo‘y» deydi. Keyin Alloh Ya’juj va Ma’jujni yuboradi. Ular har tomondan oqib kela boshlaydilar. Ularning avvalgilari Tobariya ko‘li oldidan o‘tayotib undagi hamma narsani ichib yuboradilar. Oxirgilari o‘tayotib «Bunda bir vaqtlar suv bor edi» deydilar. Allohning nabiysi Iyso va uning ashoblari qamal qilinadilar. Hattoki,, ulardan biriga ho‘kizning boshi bugungi kunda sizlarning biringizga yuz diynor yaxshi bo‘lgandan ham yaxshi bo‘lib qoladi. Bas, Allohning nabiysi Iyso va uning ashoblari (o‘limga) rag‘bat qilib qoladilar. Shunda Alloh ularga bo‘yinlari tomondan «nag‘af»-qurtini yuboradi. Ular bir jon o‘lgandek, o‘likka aylanadilar. So‘ngra Allohning nabiysi Iyso va uning ashoblari erga tushadilar. Ular er yuzida alarning yog‘i va sassig‘i etmagan biror qarich ham joy topa olmaydilar. Shunda Allohning nabiysi Iyso va uning ashoblari Allohga rag‘bat qilib qoladilar. Bas, Alloh tuyaning bo‘yniga o‘xshagan qushlarni yuboradi. Ular alarni ko‘tarib olib borib, Alloh istagan tomonga tashlaydilar. So‘ngra Alloh bir yomg‘ir yuboradi. Undan biror loydan yoki jundan bo‘lgan uy panada qolmaydi. U erni yuvib xuddi oynakka o‘xshatib qo‘yadi. Keyin erga «Samarangni o‘stir, barakangni qaytar» deyiladi. O‘sha kunda odamlar bir anorning o‘zini eb po‘stlog‘ini soyabon qiladilar. Podalarga baraka kiritiladi. Hattoki, bir tuyaning suti bir katta jamoa odamlarga kifoya qiladi. Bir sigirning suti bir qabila odamlarga etadi. Bir qo‘yning suti bir urug‘ odamlarga etadi. Ular shundoq holda turganlarida Alloh bir yoqimli shamolni yuboradi. U ularning qo‘ltiqlaridan olib har mo‘min va muslimning ruhini qabz qiladi. Keyin odamlarning yomonlari qoladi. Ular eshaklarga o‘xshash jinsiy yaqinlik qiladilar. Ana o‘shalarning boshida qiyomat qoim bo‘ladi», dedilar». Mu slim, Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Dajjolning tagi past, hech narsaga arzimasligini ham aytdilar va shu bilan birga uning fitnasi eng katta fitnaligini ham ta’kidladilar. «Sizlardan kim unga erishsa, unga qarshi «Kahf» surasining boshlanishini o‘qisin». Bu haqda boshqa rivoyatlar ham ko‘p. Jumladan, Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Kahf» surasining avvalidan o‘n oyatini yodlasa, Dajjoldan saqlanadi», dedilar». Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan. Termiziyning lafzida: «Kim «Kahf» surasining avvalidan uch oyatini o‘qisa, Dajjol fitnasidan saqlanadi», deyilgan. Boshqa bir rivoyatda: «Kim «Kahf» surasining oxiridan o‘n oyatini yodlasa, Dajjoldan saqlanadi», deyilgan. «Ey, Allohning rasuli! O‘sha bir yilga o‘xshash kunda bizga bir kunning namozi kifoya qiladimi?» dedik». «Yo‘q. Uning o‘lchovini chamalanglar», dedilar. Ya’ni, kun odatdagidan uzoq bo‘lib ketgani uchun har yigirma to‘rt soatlik vaqtni chamalab, o‘shanda lozim bo‘lgan besh vaqt namoz o‘qiladi. «Qachon boshini egsa, qatralar tushadi. Qachon uni ko‘tarsa, undan lu’lu’ kabi donalar to‘kiladi». Ya’ni, Iyso alayhissalom pokiza holda tushadilar. U kishidan g‘usl va tahoratning suvlari to‘kilib turadi. «Bas, u zot uni izlab, Bobi Ludda topib o‘ldiradi». Ya’ni, Iyso alayhissalom Dajjolni izlab topib, Baytul Maqdisdagi Ludd degan joyning eshigi oldida qatl qiladilar.

1 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 300 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar