Bo‘lajak yuristlarga maslahat

Assalomu alaykum! Yuridik universitetida o‘qiyotgan talabalar sudya, prokuror bo‘laman yoki boshqa yuqori mansablarni egallayman deb o‘qishga kirishib, o‘zini yo‘nalishida ta’lim olishadi. Shunday mansabga qiziqib, unga intilish to‘g‘rimi? Albatta ularning ichida haqiqatan halol ishlab odamlarga yordam beraman, yurtga xizmat qilaman deydiganlari ham bor. Ma’lumki bu yo‘nalishda o‘qib, ishlaydiganlar uchun namozlarini o‘qishiga muommolar bor. Yo‘q, bunaqa ishlarga kiradigan bo‘lsam namozlarim qolib ketadi, deb yaxshi insonlar o‘zini bu sohadan uzoq olib yuraversa, sohani benamozlar, qo‘rqmasdan pora oladiganlar, xalqni manfaatidan o‘zini manfaatini ustun qo‘yadiganlar (hammasi ham emas) egallab o‘tiraveradi. Shu holatda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi. Sud sohasida shariat hukmlari bilan emas, davlat belgilab qo‘ygan qonunlar bilan hukm chiqarilsa to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonlar albatta namozlarini muhofaza qilgan holatda bu kasbni ham puxta egallashlari kerak. Agar imkon bo‘lsa tizimdagi noto‘g‘ri va nohaqliklarni isloh qiladigan darajaga ko‘tarilishi kerak. Agar buni uddalay olmasa tergovchi, prokuror yoki sudya bo‘lmasdan musulmonlarni huquqlarini ximoya qiladigan advokat bo‘lishi ham mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 155 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar