Sa’ad ibn Abu Vaqqos hazratlari

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, biz yashaydigan qishloqda Sad ibn Abu Vaqqos sahoba hazratlarining ziyoratgohi va ramziy qabrlari bor. Rivoyatda aytilishcha u zot Islomni tarqatish uchun lashkar tortib kelganlarmush va jangda o‘sha joyda jimjilog‘idan chiqqan muborak qonlari erga tushgan joylaridan zilol suv chiqqanmish. Hozirda ziyorachar bilan gavjum, tarixda u sahoba kirom kelganmilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu gapni aytganlar tarixga tuxmat qilishibdi. U zotning bu ergan kelmaganlari 100ga 100 aniq. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 164 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar