Mast holda taloq bersa keyin qaytarib olsa

Assalomu alaykum! Mast holda 3 taloq qo‘ysa keyin xushyor bo‘lib qaytib oldim desa o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo inson og‘zidan chiqadigan so‘zga qadr qiymat bergan. Afsuski hozirgi kunda ba’zi bir insonlar insonni og‘zidan chiqadigan tovush bilan orqasidan chiqadigan tovushni bir xil deb o‘ylab qolishdi. Aslida orqadan chiqqan tovushga ham shariatimiz tahoratni buzadi deb hukm bergan. Og‘izdan chiqqan uch taloqni orqadan chiqqan tovushchalik ham deb bilmaslik, bu noto‘g‘ri. Uch taloqni aytishi bilan xotini unga qayta nikohlanishi joiz bo‘lmagan holda harom bo‘ladi. U so‘zdan keyin aytilgan gapini e’tibori yo‘q. Bunda mastmi yoki xushyormi farqi yo‘q. Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar