Namoz o‘z vaqtida ado etilmasa?

Assalomu alaykum! Harbiyman, lekin qonun bo‘yicha ham, kundalikdagi ish vaqti bo‘yicha ham namoz o‘qishga man etilgan (vaqt yo‘q), lekin shu besh vakt namozni qazo namozi sifatida ado etsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Qazo namoziga qanday niyat qilinadi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hayotda shunday holatlar bo‘ladiki insonga oxirat ishi bilan dunyo ishi teng kelib qoladi. Aslida bu Alloh taoloning imtihonidir. Alloh taolo sizga ham shunday imtihonlarni berayotgan bo‘lishi mumkin. Siz imkon qadar vaqtida o‘qishga harakat qiling. Bordiyu, aniq shar’iy sabab bilan qazo bo‘lsa, tartibi bilan qazosini ado etasiz. Qazo namozlariga “eng oxirgi qoldirgan falon namozini o‘qishga niyat qildim” deyiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:26 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar