Faqat BOMDOD yoki BOMDOD va XUFTONnigina o‘qish

O’tgan namozlarni o‘qish haqida maqoladan shu narsani xulosa qildimki. Agar qazo namozi bo‘la turib va u esida bo‘la turib keyingi vaqt namozini o‘qisa, o‘sha kirgan vaqt namozi buzilarkan. Hazrat, meni so‘ramoqchi bo‘lganim shuki, Agar Kishi faqat BOMDODnigina o‘qib yursa-yu, qolgan namozlarini qazosini qilmasa, uning namozi buzilib qabul bo‘lmaskan. Yoki BOMDOD va XUFTONnigina o‘qib, orasidagi namozlarini qazosini o‘qimasa, bu ham shuhday. Bu shaytonni ishi bo‘lib shayton bunday namozxonlarni Alloh Mehribon va Kexirimlidir, albatta gunohlarni kechiradi va ibodatlarni qabul qiladi deb xotirjam qilib qo‘yadi. Shu xulosa to‘g‘rimi, yoki umuman noto‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz xato gaplarni yozgansiz. Namoz buziladi degani tartib sohibiga oid. Ya’ni, namozlarni tugal o‘qib yurgan odam olti vaqtda oz namozni qazo qilsa, oldin qazoni o‘qishi kerak bo‘ladi. Oltidan ko‘pni qazo qilgan odamga bu gap tegishli emas.

1 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar