Farzandlarni turmushga uzatish ota-onaning burchi emasmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Iltimos, ushbu savolimni bundan avvalgi ilk “Otamdan ranjidim” nomli savolimning davomi sifatida qabul qiling. Onam vafoti oldidan otamga “qizlarim birovning qo‘lida qolmasin, ularning ko‘zidan yosh to‘kilmasin” deya ko‘p bor vasiyat qildi. Otam va’da berdi. Biroq onamdan so‘ng otam juda o‘zgardi, qizlari tengi ayolga uylandi, uylanishdan avval maslahat ham qilmadi, ko‘z yoshlarimizga qaramadi ham. Otam bizni juda ko‘p yig‘latdi. Uylanish uchun uydagi ayrim narsalarni sotdi. Otam bizni hali turmushga uzatmagan. Biz onam qurgan uyda u ayolni ko‘rishni istamadik. Bizga boshqa uy oldirib, moliyaviy tang ahvolda tashlab ketdi. Aytingchi, otamning bunday hatti-harakatini Siz qanday baholaysiz? Va’dani buzish mumkinmi? Farzandlarni turmushga uzatish ota-onaning burchi emasmi? Biz qanday yo‘l tutishni bilmay juda qiynalayapmiz. Iltimos maslahat bering. Oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otangiz sizlarga nisbatan noto‘g‘ri ish qilgan. Hozir ham noto‘g‘ri qilmoqda. Sizlar dindor qarindoshlardan yordam so‘ranglar. Sizlarga maslahat va yordam berishsin. Tenglaringizni topib oila qurishlaringizni yo‘lga qo‘yishsin.
26 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar