Jaxongir ismi

Assalomu alaykum shayx janoblari savollarimizga erinmasdan javob berayyotganligiz uchun sizga katta raxmat.Shayx janoblari savolim bir kishidan eshitib qoldim o‘g‘li Sharqshunoslik institutiga o‘qir ekan institutda arab o‘qituvchilarim tomonidan ismingni o‘zganrtir "Jaxongir" degan ism Dajjol degan ma’noni beradi debdi. Shunday qilib ismini boshqaga o‘zgartirmoqchi.Xazrat agar iloji bo‘lsa meni ismim "Baxrom" agar islomga zid bo‘lsa almashtirishim zarurmi. Vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jahongir forscha ism bo‘lib, jahonni oluvchi ma’nosini bildiradi. Uni ham, Bahromni ham o‘rgartirish shart emas.

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar