Qarz olgan odamim vafot qilibdi

Assalomu alaykum! Qarz bo‘lib qolgan insonim vafot etibdi. Keliniga yoki uyidagi insonlarga bersam bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson vafot etsa uning mulki merosxo‘rlarning haqqiga aylanadi. Shuning uchun merosxo‘rlar jam bo‘lgan vaqtda olib borib bering. Boshqa merosxo‘rlar ham eshitishsa yaxshi bo‘ladi, chunki hozirgi kunda qo‘lga olgan odam boshqa haqdorlarga bildirmay qo‘yaverishi ham mumkin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar