Olib kelgan kishi boshiga pul berish

Assalomu alaykum! Toshkentdagi Rossiyaga odam tashiydigan avtobuslardan biriga 4 kishini 50 mingdan kelishib, mashinamda olib bordim. Avtobusga mas’ul odamlar menga yana 50 mingdan 200 ming berdi. Pulni olishim ularni kira haqiga ta’sir qilmasligini aytishdi. Bu nima uchun desam sizga “dolya” dedi, lekin sinchiklab so‘ramadim. Shu pullarni olishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar ular sizga bergan pulini ham mijozning yo‘lkirasiga qo‘shishsa joiz emas. Ammo odatda mijoz olib kelgani va bundan keyin ham olib kelishi uchun o‘z foydalaridan chiqarib bersa joiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar