Totalizatordan topilgan pul

Assalomu alaykum! Man totalizator o‘ynab turaman. Avvalgi berilgan savollarni o‘qib bildimki totalizator orqali topilgan pul xarom ekan. Mani savolim shunday: Shu totalizator orqali topilgan puldan muhtojlarga xayriya qilsa ya’ni kambag‘al insonlarga uy-joy qilishiga yordam bersa yoki operatsiya puliga muhtoj insonlarga operatsiyasi uchun pul bersa bo‘ladimi? Ular bu pulning haromligidan xabari bo‘lmasachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularga sham kabi bo‘lgan bo‘lasiz. Ya’ni o‘zingiz kuyib ularni yoritgan bo‘lasiz. Allohning nazdida harom puldan qilingan ehson qabul qilinmaydi. U pullardan qutilmoqchi bo‘lsangiz savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuborasiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar