Islomiy moliya tizimi haqida
Muhtaram ustoz, sizdan ikki narsa haqida so‘ramoqchi edim. 1.Man Islomiy moliya tizimini o‘rganishga, islomiy iqtisodiyot, ijitimoiy ta‘minot tizimi va soliqlar haqida o‘rganishga juda qiziqaman chunki soxam shularni o‘z ichiga oladi. Islomning bu masalalarga odil yondoshuvi hamisha mani maftun etib kelgan. www.info.islom.uz saytida chop etib borilayotgan, ijtimoiy ta‘minotga va inson huquqlariga oid maqolalaringizni barchasini muntazam o‘qib bormoqdaman. Lekin chuqurruq o‘rganish uchun bu kamlik qiladi. Faqat aynan shu soxalar uchun xoslab yozilgan qadimgi va zamondosh ulamolarimizning birorta asarlari bormi? Yoki o‘zingiz shu husuda bir kitob qilishga reja qilganingiz yo‘qmi? Agar birorta shunday kitob bo‘lsa maslahat bersangiz, olib o‘qirdik. O‘zbek tilida bo‘lishi shart emas.2. Kamina muxlisingiz qiroat ilmiga qiziqaman va buni o‘rganishni hohlardim. Manga ko‘proq Quwaytlik mashhur qorilarning qiroatlari yoqadi, hususan Mishari bin Roshid al-Afasy, Fahd bin Salem al-Kandarilarning qiroatlari chiroyli. Quwaitga borib shu kishilardan qiroat ilmini o‘rganish niyatim bor. Sizning bularning maktablari haqida biror xabaringiz yo‘qmi, hoynahoy Quwaitlik birodarlaringiz ko‘p bo‘lsa kerek. Albatta bunday savolni berish bir oz nojoiz, lekin ochig‘i boshqa so‘raydigan hech kimni bilmayman. Alloh umringizni barokatli qilsin, hamisha duodamiz,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1.- «Hadis va Hayot»ning «savdo» va «zakot» kitoblari siz istagan mavzuga yaqin. Bir alohida kitob qilish niyati ham bor.2. Qiroat ilminiing asosiy ustozlari Misr va Suriyada. U erlarda bu borada alohida o‘quv yurtlari ham bor.
1 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 180 | Boshqa ibodatlar