Guvoxsiz va maxrsiz nikox

Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynayabdi erim bilan ajrashgan edik oradan 1yil o‘tib yarashdik va qayta nikox o‘qitgani mani masjidga olib bordilar. u erda imom xech qanday guvoxlarsiz nikox o‘qidila. Yonimizda kattaroq qo‘shinimiz bor edilar, ammo ular kirmadilar xonaga, guvoxsiz nikoxlandik va nikoxdan so‘ng menga maxr xam aytmadilar. Ya’ni domla o‘zingizni xotiningiz ekan maxr shart emas bu qayta nikoxku dedilar. Endi savolim shundaki bu guvoxlarsiz nikox o‘tmaydi deb o‘qib qoldim. Meni xolatimda xam nikox o‘tmaganmi erimga men nomaxram xisoblanamanmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz sizga boin taloq qo‘ygan bo‘lsa, yoki raj’iy taloq qo‘yib iddangiz chiqqan bo‘lsa o‘rtadagi nikoh uzulgan bo‘ladi. Bunday holatda yana birga er-xotin bo‘lish uchun nikohlanish shart. Nikoh durust bo‘lishi uchun ikki erkak yoki bir erkak va ikki ayol guvoh bo‘lishlari lozim. Nikoh o‘qiyotgan domla ham guvohlar hisobidadir. Nikoh uzilganidan so‘ng qayta o‘qilgan nikohda mahr tayinlanishi shart. Agar mahr tayinlanmasa mahri misl (shunday ayolga beriladigan o‘rtacha miqdordagi mol) vojib bo‘ladi. Siz avvalo o‘rtangizdagi nikoh haqiqatdan buzilganmidi yoki yo‘qmi shuni aniqlang. Agar buzilmagan bo‘lsa, ya’ni shunchaki ehtiyot uchun qayta nikoh o‘qilgan bo‘lsa guvohlar kerak emas, mahr ham tayinlanmaydi. Agar nikoh uzilgan bo‘lsa taloq ilmini puxta biladigan biror ahli ilmning huzurida guvohlar va mahr masalasini aniqlashtirib oling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar