Singlimning eriga zakot bersam

Assalomu alaykum! Singlimning erini puli nisobiga etgan, lekin singlimning shaxsiy puli yo‘q. U ko‘p bolali, singlimga zakotimni bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida joiz, lekin zakot ibodat bo‘lib, uni eng haqdoriga bersangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Eri zakot beradigan darajada bo‘lsa, siz u odamni xotiniga zakot bersangiz bu insofga to‘g‘ri kelmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 138 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar