Soliha ayollarni serial ko‘rishlari
Assalomu alaykum! Bizning ba’zida serial tomosha qilishimiz umr yo‘ldoshimizga malol kelayapti. Solixa ayollarimiz televizorda namoish etilayotgan filmlarni tomosha qilishlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo shuni bilish kerakki shariatimizda erkak va ayolning avrati belgilab qo‘yilgan. O‘sha avratlarga to‘g‘rida-to‘g‘ri qarash harom bo‘lganidek surat yoki kinolarda qarash ham harom hisoblanadi. Insonning qorniga kirgan har bir luqmasi butun badanda ta’sirini o‘tkazganidek insonni qalbiga kirgan narsalarni ham butun badaniga ta’siri bo‘ladi. Aynigan narsalar insonning ichini ketkazganidek Alloh harom qilgan narsalar ham qalbni ich o‘tki qilib qo‘yadi. Inson egan luqmasi tanasiga ozuqa va kuch bo‘lganidek qalbiga kirgan narsa ham uni harakatga soluvchi kuch hisoblanadi. Qalbiga nima kirsa harakati ham o‘sha tomonga bo‘ladi. Qur’on, amri-ma’ruf va hadislar bo‘lsa ularda aytilgan tomonga harakat bo‘ladi. Televizorda yaxshilikka targ‘ib qiluvchi sahobalar hayoti Qur’on musobaqalari, oxiratni eslatuvchi narsalarni ko‘rish joiz. Boshqalari esa joiz emas. Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْؤُولاً 36. O‘zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalarning barchasi so‘ralajak narsalardir.
Ko‘z ham, quloq ham, dil ham har bir narsadan mas’uldir. Bu dunyoda bo‘lmasa, u dunyoda albatta mas’uldir. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 145 | Mediya