Qazo bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Oxirigacha tutaman deb niyat qilgan edim. 2 kun ro‘za tutdim, endi dalaga ekin ekishga ketishimiz va sheriklar bilan teng ishlashim kerak. Dalada hovli bor 1 ayol bolalari bilan yashaydi (eri rus.da). Biz tashqarida yotamiz. Ayol 3 mahal ovqatimizni tayyorlab beradi. Saharlikni tayyorlab bering deyishni o‘zi bir qiyin. Unga og‘irligim tushishini bilaman. Saharlikni o‘zim tayyorlay desam, tashqarida sharoit, gaz yo‘q. Agar to‘xtatsam qolgan 28 kunim qazo o‘rniga o‘tadimi yo men qasddan ro‘zamni ochgan bo‘lib, 60 kun tutib beramanmi? (Allohdan hayo qilayapman oxirigacha tutmaganim uchun) 2. Qazo bo‘ladigan bo‘lsa uzluksiz 28 kun tutishim kerakmi? Umuman, mana shu vaziyatda nima qilishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yotishdan oldin taomingizni o‘zingiz tayyorlab yoting. Tadbirli bo‘lingda. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yotishdan oldin taomingizni o‘zingiz tayyorlab yoting. Tadbirli bo‘lingda. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za